Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahri Navro‘z mahallasi Bog‘zor ko‘chasi yo‘llari yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Jizzax shahri Navro‘z mahallasi Bog‘zor ko‘chasi yo‘llari yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

19 сентябрь 2023 йил
99
0

Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Navro‘z mahallasi Bog‘zor ko‘chasida yo‘llar o‘ta xarob va ayanchli ekani, hatto mashina tuproqqa botib yurolmayotgani, mutasaddi rahbarlarning aholi muammolari va ichki yo‘llar bilan ishi yo‘qligi, aholi 35-40 yillardan buyon yozda changni yutib, qishda loy kechib o‘tkazayotgani jiddiy noroziliklarga sabab bo‘lganligi aks etgan murojaat tarqaldi.

Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati va shahar hokimligi qurilish bo‘limi tomonidan tezkor surishtiruv ishlari amalga oshirildi.

Aytib o‘tish joizki, Navro‘z mahallasi Bog‘zor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar joriy yilning 16 sentyabr sanasida har haftaning shanba kunlari bo‘lib o‘tadigan shahar hokimining aholi murojaatlariga bag‘ishlangan qabulida aynan shu muammo yuzasidan ishtirok etgan. Shu kunning o‘zida mutaxassislar tomonidan muammo joyiga borgan holda o‘rganildi.

Jizzax shahar hokimligi qurilish bo‘limi tomonidan  ushbu hudud nazoratga olindi va 15 kun muddatda muammoni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар