Shahar hokimi Boshqirdiston Respublikasi energetika va shaharsozlik tajribalari bilan tanishdi
Avvalroq Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Boshqirdiston Respublikasi hukumati shaharlarni rivojlantirish va raqamli transformatsiya bo‘yicha “Smart” forumida ishtirok etish hamda Jizzax shahrini “Aqlli shahar” konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida joriy yilning 26-28-iyul kunlari Ufa shahrida o‘tkazilgan Forumda ishtirok etganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Forum doirasida Boshqirdiston Respublikasining ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida Respublika Energetika va shaharsozlik, energetika va innovatsiyalar qoshidagi korxonalar hamda Ekologiya vazirligi qoshidagi korxonalar tomonidan o‘tkazilgan taqdimot va namoyishlar bilan tanishib chiqildi.
Shuningdek, Rossiyadagi birinchi elektr ishlab chiqaradigan aqlli uy, Transport sohasining markazdan boshqaruvchi yo‘l harakati, ob-havo parametrlarni monitoring qilish quyi tizimlari, transport oqimi va jamoat transporti tizimlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati