Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahri Obod mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi ko‘p qavatli uylar taʼmiri yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Jizzax shahri Obod mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi ko‘p qavatli uylar taʼmiri yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

07 сентябрь 2023 йил
217
0

Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali «LOY KECHIB MAKTABGA BORISHADI». OBODDAGI NOBOP SHAROIT sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat eʼlon qilingan edi.

Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati hamda tegishli tashkilotlar birgalikda surishtiruv ishlarini olib bordi.

Aytib o‘tish joizki,  Obod mahallasi To‘qimachilar ko‘chasida 83-uyda yashovchi fuqarolar tomonidan bolalar maydonchasini qayta taʼmirlab berilishini, ko‘p qavatli uyning yuqori qavatida yashovchi ayrim xonadonlarning tom qismidan (chakka) yomg‘ir suvi sizib kirganligi uchun tom qismi taʼmirlab berilishini hamda 83-uyning orqa tomonida joylashgan chiqindi xonaga va maktabga ketish yo‘lini shag‘allashtirish haqida qilgan murojaati asosli ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Masʼullarning so‘zlariga ko‘ra Obod mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 83-uy yonidagi Bolalar maydonchasini taʼmirlash “2024-yil qayta taʼmirlash uchun“ dasturiga kiritish taklifi berilgan.

Shuningdek, ko‘p qavatli uyning tom qismini kapital taʼmirlash 2024-yil 2-choragi yakuniga kiritish taklifi berilgan.

83-ko‘p qavatli uyning orqa tomonidagi yo‘lni shag‘allashtirish ishlari 2023 yildagi yo‘llarni taʼmirlash ishlari qolgan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.  

Yana shuni aytib o‘tish joizki, Obod mahallasi To‘qimachilar ko‘chasi 83-uyda yashovchi fuqarolar shu paytgacha shahar hokimi yoki masʼul tashkilotlarga biron marta yozma yoki og‘zaki murojaat qilishmagan. Fuqarolardan shunga o‘xshash muammolar paydo bo‘lgan holatlarda avvalo masʼul tashkilotlarga murojaat qilishlarini iltimos qilib qolamiz.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар