Jizzax shahar Olmazor mahallasi, Olmazor ko‘chasidagi ko‘p qavatli binolar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jizzax shahar Olmazor mahallasi, Olmazor ko‘chasidagi ko‘p qavatli binolar axlatxonasidagi ko‘rinish. Chiqindilar oxirigacha tozalanmasdan yoqib ketilar ekan. "Chiqindi yongach uning tutuni atrof-muhitni zaharlaydi. Odamlar sassiq hidlar sababli chiqindisini maxsus joyga emas, to‘g‘ri kelgan yerga tashlab ketishni boshlashyapti. Yordam beradigan, ushbu muammoni o‘rganadigan rahbarlar yo‘q", deydi kanalimiz kuzatuvchisi. Tegishli tashkilotlardan ushbu murojaatni nazoratga olib, ijobiy hal qilinishida yordam berishlarini so‘raymiz” mazmunidagi tanqidiy material eʼlon qilingan edi.
Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati tomonidan tezkor tadbir amalga oshirildi.
Aytib o‘tish joizki, Jizzax shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan ushbu hudud nazoratga olindi va hozirda chiqindilarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati