Jizzax shahar Sayiljoyi mahallasi ko‘p qavatli uylar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
Yaqindagina Millar dasturiga Jizzax shahar Sayiljoyi mahallasi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan O'zMU JF tasarrufiga o‘tgan ko‘p qavatli bino (yotoqxona)dan fuqoralarga yashab turgan joylaridan chiqib ketishlari haqidagi ogohlantirish berilganligi hamda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasi axlat bosganligi sabab fuqarolarga noqulayliklar tug‘dirayotganligi yuzasidan murojaat qilingan.
Mazkur holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati va O'zMU JF Matbuot xizmati tomonidan tezkor surishtiruv olib borilib, masalaga oydinlik kiritildi.
O'zMU JF ma’lumotlariga ko‘ra, O'zMU JF tasarrufiga o'tgan ko‘p qavatli uy(yotoqxona)da yashovchi fuqoralarga yashab turgan joylaridan chiqib ketishlari haqida hech qanday yozma yoki og‘zaki ogohlantirish berilmagan. Fuqoralarning yashab turgan joylaridan chiqib ketishlari haqidagi murojatlari asossizdir.
Shuningdek, aytib o‘tish joizki, ko‘p qavatli uyning yerto‘lasi shahar hokimligi mutasaddilari, mahalla raisi va mahalla hokim yordamchisi tomonidan muntazam ravishda maxsus mashinalar yordamida tozalab turilgan. Ayni paytda ham ko‘p qavatli uyning yerto‘lasini tozalash ishlari olib borilmoqda.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati