Jizzax shahri Madaniyat mahallasi Sayilgoh ko‘chasi yer osti quvirlari yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali “Madaniyat mahallasi Sayilgoh ko‘chasida qaysidir firma yer osti quvurlari bilan suv o‘tkazgani, ilgari shu ko‘cha toza va ozoda bo‘lgani, piyodalar uchun chiroyli yo‘laklar qilingani, hozirgi kunda firma ishlarini oxiriga yetkazmasdan 4-5 oy davomida kavlagan chuqurlarining tuproqlarini piyodalar yuradigan yo‘laklarga to‘kib, hamma joyni vayron qilganidan shikoyat qilingan murojaat tarqaldi.
Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati va shahar hokimligi qurilish bo‘limi tomonidan tezkor surishtiruv ishlari amalga oshirildi.
Aytib o‘tish joizki, shahar hokimligi qurilish bo‘limi tomonidan ushbu hudud nazoratga olindi va hozirda muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati