2-SEKTOR RAHBARINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI
Jizzax shahar 2-sektor hududida 2023-yil 3-may kuni “Kimyogar” MFYda joylashgan 4-sonli maktab binosida 2-sektor rahbarining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi va aholi bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 50 nafardan ziyod fuqaro ishtirok etdi.
2-sektor rahbari Muzaffar Mamatovning fuqarolar bilan suhbatida asosan, yoshlarning ta'lim-tarbiya masalalari, uyushmagan yoshlarning bandligini ta'minlash, mahalladagi ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy dolbzarb muammolarni hal etish va shu kabi mavzular ko‘tarildi.
Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Ko‘rib chiqish uchun muddat talab etiladigan 7 ta murojaatlar bo‘yicha sektor shtabi tegishli mas’ul xodimlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati