Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

2023-YIL 3-MARTDAGI SAYYOR QABUL

04 март 2023 йил
202
0


 

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak. Jizzax shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab – quvvatlash bo‘limi majlislar zalida 2023-yil 3-mart kuni 1-sektor rahbari, Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

 

Komil Xolmurodov fuqarolar bilan suhbatda, asosan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, yoshlarning ta’lim-tarbiya masalalari, mahalladagi ijtimoiy muammolar, jinoyatchilikning oldini olish va shu kabi dolzarb mavzular ko‘tarildi.

Murojaatlardan 5 tasi uy joy ta’miri, 2 tasi jarrohlik uchun mablag‘, 4 tasi yo‘l ta’miri, 8 tasi uy-joy olish subsidiyasi, 5 tasi bir martalik moddiy yordam hamda 3 tasi kadastr masalalaridan iborat.

Bugungi sayyor qabulda jami 27 ta murojaat kelib tushdi. Shulardan 13 tasi joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi. Ko‘rib chiqish uchun muddat talab etiladigan 14 taga yaqin murojaatlar bo‘yicha sektor shtabi tegishli mas’ul xodimlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad boʻlib, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар