Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

RASMIY MUNOSABAT

07 февраль 2023 йил
110
0

 

Ijtimoiy tarmoqlarda  “Jizzax shahar “Jizzaxlik” maxallasi X.Nosirov kochasidagi kup qavatli 7 uy oldida noqonuniy qurilish” post yuzasidan fuqarolarning murojaatlariga

RASMIY MUNOSABAT

    Ijtimoiy tarmoqdagi ushbu postda “Jizzax shahar “Jizzaxlik” mahallasi X.Nosirov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 7-uy oldida noqonuniy qurilish” yuzasidan Jizzax shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

    2022-yil 26-sentabrdagi 01/01-971 sonli da’vo arizasi Jizzax shahar hokimi tomonidan javobgar Uralov Zafar ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining raisi M.Zulfiqorovga kiritilgan. Unda fuqaro Uralov Zafar tomonidan qurilayotgan poydevorni o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilma deb topishni va javobgar tomonidan buzdirish so‘ralgan. 

    Bu xususida Kadastr agentligi bo‘lim boshlig‘i B.Normatovning 2022-yil 24-fevraldagi 1-sonli taqdimnomasi hamda Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari X.Onalboyev, shahar qurilish bo‘lim boshlig‘i O‘.O‘rinboyev, Kadastr agentligi bo‘lim boshlig‘i B.Normatov, viloyat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi Jizzax shahar filiali boshlig‘i F.Xabibovlarning 2022-yil 2-fevralda tuzgan dalolatnomasi ham mavjud.

    Shuningdek, fuqaro Z.Uralovga ogohlantirish xatlari ham berilgan.

    Jarayon davom etmoqda. Sud hukm chiqarib bersa fuqaro va shahar hokimligining da’volari qanoatlantiriladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар