Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » “Milliy” telekanali “Millar” informatsion dasturida “Jizzax shahri, Nurliobod mahallasidagi “So‘loqli” qabristoni hududida RASMIY MUNOSABAT

“Milliy” telekanali “Millar” informatsion dasturida “Jizzax shahri, Nurliobod mahallasidagi “So‘loqli” qabristoni hududida RASMIY MUNOSABAT

27 январь 2023 йил
154
0

 “Milliy” telekanali “Millar” informatsion dasturida “Jizzax shahri, Nurliobod mahallasidagi “So‘loqli” qabristoni hududida tadbirkor tomonidan noqonuniy ravishda tovuqxona qurib olingani bilan bog‘liq murojaat o‘rganilgan.” nomli lavhasiga

RASMIY MUNOSABAT

   2023-yil 12-yanvar kuni soat 20:07da “Milliy” telekanali “Millar” informatsion dasturida “Jizzax shahri, Nurliobod mahallasidagi “So‘loqli” qabristoni hududida tadbirkor tomonidan noqonuniy ravishda tovuqxona qurib olingani bilan bog‘liq murojaat o‘rganilgan. Yakunda yerni sotgan shaxs tadbirkorga pulini qaytarib berishga va tadbirkor tovuqxonani buzib ketishiga kelishib olingani yoritilgan.” deb nomlangan videolavha yoritilgan.

   Holat yuzasidan shahar hokimligi tegishli mutasaddilari hamda shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda quyidagilar aniqlandi. Fuqaro Ergashev Shodyorga tegishli shaharning “Bunyodkor” MFY O‘rtayo‘l ko‘chasida joylashgan uy-joyiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi № 251-sonli qaroriga asosan yakka tartibdagi turar joylarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha shahar hokimining 2019-yil 26-dekabr № 3241-sonli qarori chiqarilgan bo‘lib, 2020-yil 26-noyabrda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3-avgustdagi № 251-sonli qaroriga asosan 15 yil mobaynida foydalanib kelayotgan lekin davlat ro‘yxatiga olinmagan uy-joylarga egalik qilish huquqi berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo fuqaro Ergashev Shodyor tomonidan qurilgan uy-joy binosi va egallangan yer maydoni 2019-2020-yilda qurilish boshlangan va bugungi holatiga ko‘ra qurilish tugallanmaganligi aniqlandi.

   Fuqaro Ergashev Shodyor tomonidan qurilgan uy-joy binosi va egallangan yer maydoni orqa tomonidan fuqaro Ochilov Mirzakarim noqonuniy ravishda egallab olgan 0.06 ga yer maydonida qurilgan bino inshoatiga nisbatan 2021-yil 2-noyabrda mamuriy huquqbuzarlik sodir etganligi sababli kadastr agentligi tomonidan  6 750 000 so‘m jarimaga tortildi.

   Fuqaro Pardayev Zohidga tegishli o‘rganilganda shahar hokimining 2010-yil 20-martdagi № 332-sonli qarorini taqdim qilganida unga berilgan shahar hokimi qarori va ilovasiga asosan So‘loqli qabristoni himoya hududiga tegishli emasligi ko‘rsatilgan. Lekin ushbu bino inshoat So‘loqli qabristoni himoya hududiga noqonuniy qurilgani aniqlandi.

   Fuqaro Ochilova Madinaga tegishli shaharning “Bunyodkor” MFY O‘rtayo‘l ko‘chasi 47-uy joy tekshirilganda shahar hokimining 2007-yil 11-aprel № 416-sonli qarori bilan davlat xizmatlari markazi orqali tashlangan arizasiga asosan O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 370-sonli qaroriga  asosan 2021-yil 14-oktabr 0,06 ga yer maydonida qurilish tugallangan yakka tartibdagi turar joyni foydalanishga qabul qilish № 3525-sonli dalolatnomasi tasdiqlangan  va kadastr hujjat rasmiylashtirilgan.

   Mazkur holatga asosan fuqaro Ochilova Madinaga yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun shahar hokimining 2007-yil 31-aprel № 416 sonli qarori tekshirilganda aniq bo‘ldiki, shaharning “Shodlik”(Qipchoq) MFY hududidan bo‘sh yerni ekin ekib obodonlashtirish uchun 0,75 ga fuqaro Mustafoqulov Sanjarga ajratib berilganligi viloyat hokimligi arxiv ma’lumotiga asosan aniqlandi.

   Fuqaro Nishonboyeva  Shahnoza tomonidan qurilgan turar joyni borib hujjatlar asosida o‘rganilganda shahar hokimining 2007-yil 11-iyul № 915-sonli qaroriga ilova tariqasida berilgan yer tanlash kartasi So‘loqli qabriston hududiga chegaradosh emasligi arxiv ma’lumotiga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin ushbu noqonuniy qurilma So‘loqli qabriston chegara hududi yani devori ustiga qurilganligi aniqlandi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlar aro sudining 2019-yil 15-martdagi Ish 2-1301-1901/11288-sonli qaroriga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan poydevor va imoratlar javobgar Nishonboyev Xudoyberdi Allamurodovich tomonidan buzilishi ko‘rsatilgan bo‘lib bugungi kungacha buzilmaganligi aniqlandi. Shunday bo‘lsada fuqaro Nishonboyeva Shahnoza tomonidan davlat xizmatlari markazi orqali 2021-yil 5-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirligi Mahkamasining 370-sonli qaroriga asosan 2021-yil 14-oktabr qurilish tugallangan yakka tartibdagi turar joyi foydalanishga qabul qilish № 5304- sonli dalolatnomasi tasdiqlangan va kadastr hujjati rasmiylashtirilgan.

   Fuqaro Shavkat Olimjonov tomonidan So‘loqli qabriston himoya hududiga noqonuniy  qurilgan poydevorga hech qanday hujjati yo‘qligi aniqlandi va 2021-yil 16-noyabr № 302-sonli ogohlantirish  xati berilganligi ma’lum bo‘ldi.

Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар