Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

RASMIY MUNOSABATI

26 декабрь 2022 йил
114
0

Jizzax viloyat televideniyasida “Jizzax shahar Kimyogar mahallasida olib borilgan qurilish ishlari natijasida yo‘llar torayib, foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan.” lavhasiga Jizzax shahar hokimligining

RASMIY MUNOSABATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qaroriga asosan Jizzax shahar “Kimyogar” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash obyekti “MAXSUS MELIORATSIYA TA’MIR” MCHJ tomonidan 1 762 593 473 so‘m mablag‘ evaziga qurilish va ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunda tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda.

Shuningdek, Kimyogar mahallasi Sayilgoh ko‘chasi ta’mirlash ishlarini 2023-yil 2-choragida, shahar hokimligining mahalliy byudjeti choraklar yakuni bilan hosil bo‘ladigan daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish Dereksiyasi” DUKga taklif berilishini ma’lum qiladi.

Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар