Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » “Jizzaxda AI-92 markali benzin narxi 10 ming so‘mga chiqdi” nomli postga RASMIY MUNOSABAT

“Jizzaxda AI-92 markali benzin narxi 10 ming so‘mga chiqdi” nomli postga RASMIY MUNOSABAT

26 январь 2023 йил
159
0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda AI-92 markali benzin narxi 10 ming so‘mga chiqdi” nomli post yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

      Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ushbu postda “Jizzax shahridagi AYOQSHlarda benzin uzun navbatlar davom etmoqda. Mahalliy aholiga ko‘ra AI-80 markali benzin bir necha kundan beri yo‘q. AI-92 esa 10 ming so‘mga chiqqan” deb ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan shahar hokimligi tegishli mutasaddilari hamda shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda quyidagilar aniqlandi. Ushbu postda ko‘rsatilgan videorolikdagi tirbandlik benzin uchun emas, Jizzax shahar Mirzo Ulug‘bek mahallasi Toshkent ko‘chasida joylashgan metan gaz to‘ldirish shahobchasida yuzaga kelgan. Ma’lumki, avtomobillarga gaz quyish vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lib, ushbu shahobchada 2023-yil 25-yanvar soat 22:30da gaz berish qisman o‘chirilgan va tirbandlik yuzaga kelgan.

     Benzin quyish shahobchalarida avtomobillarga benzin quyishga cheklov o‘rnatilgan bo‘lib, avtomobillarga ma’lum bir miqdorda (25-30 litr)  benzin quyilmoqda. Maqsad ko‘proq aholini benzin bilan ta’minlanishidir. Jizzax shahridagi mavjud 13 ta benzin quyish shahobchalaridan 11 tasi ishlamoqda. “O‘zneftgazinspektsiya” AJ Jizzax viloyati tashkilotining 24-yanvar kungi ma’lumotiga ko‘ra, AI-80 markali benzin bir kunda 68400 litr, AI-92 markali benzin bir kunda 5700 litr sotilgan.

     Ma’lumot uchun benzin narxlari quyidagicha: AI-80 markali benzin-5700 so‘m, AI-92 markali benzin-9500 so‘m, AI-95 markali benzin-10500 so‘m.

Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар