“Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marofoni o‘tkazildi
Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni ko‘proq doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, sportga o‘rgatish lozim.
Ularning har kim o‘z salomatligi uchun hech bo‘lmaganda kuniga 5 ming qadam piyoda yurishi borasida bildirgan tavsiyalariga yoshu-keksalar birdek sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etayotgan marafonlarda jismoniy faollik ko‘rsatayotgani barchamizni quvontirdi.Ularning har kim o‘z salomatligi uchun hech bo‘lmaganda kuniga 5 ming qadam piyoda yurishi borasida bildirgan tavsiyalariga yoshu-keksalar birdek sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etayotgan marafonlarda jismoniy faollik ko‘rsatayotgani barchamizni quvontirdi.
Erta tongdan O‘rda ekologik bog‘ida Jizzax shahar hokimligi va Jizzax shahar sport bo‘limi bilan hamkorlikda “Salomatlik uchun 5000 qadam” , “Assalom tong” toʻgʻri nafas olish mashqlari hamda sogʻlom turmush tarzi targʻiboti o‘tkazildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, sogʻlom turmush tarzi targʻiboti viktorina shaklida olib borildi hamda toʻgʻri javob bergan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.