“Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marofoni o‘tkazildi
Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni ko‘proq doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, sportga o‘rgatish lozim. Ularning har kim o‘z salomatligi uchun hech bo‘lmaganda kuniga 5 ming qadam piyoda yurishi borasida bildirgan tavsiyalariga yoshu-keksalar birdek sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etayotgan marafonlarda jismoniy faollik ko‘rsatayotgani barchamizni quvontirdi.
Jizzax shahar hokimligi tomonidan shahrimizning O‘rda ekologik bog‘ida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marofoni o‘tkazildi.Jizzax shahar hokimligi tomonidan shahrimizning O‘rda ekologik bog‘ida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marofoni o‘tkazildi.
Erta tongdan O‘rda ekologik bog‘i Jizzax shahar hokimligi xodimlari, shahrimizdagi korxona va tashkilot ishchi xodimlari, mahallalarning nuroniy otaxon-u onaxonlari, mahalla faollari, ko‘ngilli yoshlar bilan bilan gavjum bo‘ldi.