Jizzax shahar hokimligi tomonidan “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marofoni o‘tkazildi.
Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni ko‘proq doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, sportga o‘rgatish lozim. Ularning har kim o‘z salomatligi uchun hech bo‘lmaganda kuniga 5 ming qadam piyoda yurishi borasida bildirgan tavsiyalariga yoshu-keksalar birdek sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etayotgan marafonlarda jismoniy faollik ko‘rsatayotgani barchamizni quvontirdi.
Jizzax shahar hokimligi tomonidan shahrimizning O‘rda ekologik bog‘ida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marofoni o‘tkazildi.
Erta tongdan O‘rda ekologik bog‘i Jizzax shahar sektor rahbarlari hamda shahar hokimligi xodimlari, shahrimizdagi barcha korxona va tashkilot ishchi xodimlari, mahallalarning nuroniy otaxon-u onaxonlari, mahalla faollari, ko‘ngilli yoshlardan iborat ko‘ngillilar bilan bilan gavjum bo‘ldi.
Marafon doirasida 11-13-aprel kunlari Guliston shahrida bo'lib o'tgan O‘zbek jang sanʼatining "Assalom tong" yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida Jizzax viloyatidan 5 ta jamoa ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritgan