''Rahbar va yoshlar uchrashuvi'' mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 26-iyun sanasida Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Negmatova tomonidan yoshlar bilan ''Rahbar va yoshlar uchrashuvi'' mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan yoshlar bilan ''Men tanlagan kasb'', ''Kelajakka bir qadam'' mavzusidagi suhbat qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tdi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga rahbar tomonidan tushunchalar va yo‘nalishlar berildi.Yig‘ilishda ishtirok etgan yoshlar bilan ''Men tanlagan kasb'', ''Kelajakka bir qadam'' mavzusidagi suhbat qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tdi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga rahbar tomonidan tushunchalar va yo‘nalishlar berildi.
Bundan tashqari, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning samarasi, aynan yoshlar borasida, yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar, yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Yoshlar tomonidan ish o‘rinlari yaratish, Yoshlarni zamonaviy kasb hunarga va tadbirkorlikka jalb qilish, Yoshlarni horijiy tillarni bepul o‘rganishlari uchun yanada kengroq sharoitlar yaratish xususida berilgan takliflar ma'lumot va ijro uchun qabul qilindi.