Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

RASMIY MUNOSABAT

15 июнь 2024 йил
96
0

Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Zulayho Hamroqulova ismli fuqaro uyining ipoteka kreditini to‘lay olmagani sababli hokimiyat tomonidan uy tortib olinishiga harakat bo‘layotgani va shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda holat yuzasidan chiqish qilgani, bundan biroz o‘tib hokimiyat ushbu holatga raddiya bergani, holat aslida boshqacha ekani haqida shikoyati tarqaldi.
Holat yuzasidan shahar hokimligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish olib borilganida aniqlanishicha, Hamrakulova Zulayho Nishonovna Zilol MFY Mustaqillik ko‘cha 12-uy 23-xonadonda 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashaydi. Farzandiga nogironlik belgilangan, ishsiz, taklif etilgan ish o‘rinlarini rad etgan. Nogiron farzandi bo‘lganligi sababli  oilasida daromad topishini yo‘lga qo‘yish maqsadida 10 000 000 so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan,uyda daromad qilishi uchun pech bilan taʼminlangan. 2018-yil uy-joyga muhtoj fuqaro sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 285- sonli qarori bilan uy-joy bilan taʼminlangan va uy joyining boshlang‘ich 25% to‘lovi,  42 299 432 so‘m miqdoridagi mablag‘i Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasidan to‘lab berilgan.
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining qarori bilan farzandini davolatish uchun 10 000 000 so‘m miqdorida moddiy yordam ajratilgan. Viloyat, shahar hokimliklari, mahalla homiylari tomonidan muntazam ravishda moddiy yordam, bepul tibbiy yordamlar, pul ko‘rinishidagi homiylik yordamlari ko‘rsatib kelingan. Barcha bayramlar arafasida shahar hokimligi va homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berib kelingan. 2024 yilning aprel oyida hayit bayrami arafasida ham Jizzax shahridagi "Deya shirinliklari" korxonasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va 3 000 000 so‘m miqdorida homiylik yordami, Jizzax shahar Vasiylik kengashining qarori bilan 9 aprel kuni 1 360 000 so‘m miqdorida moddiy yordam ajratilgan..  Har 6 oyda  Vaqf  fondidan  doimiy ravishda moddiy yordam berib boriladi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

RASMIY MUNOSABAT
07 май 2024, Вторник
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
06 апрель 2024, Суббота
RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
26 март 2024, Вторник
RASMIY MUNOSABAT
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар