RASMIY MUNOSABAT
Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jizzaxda ayolni prezident sovg‘a qilgan uydan quvib chiqarishmoqchi.” nomli videomaterialda Jizzax viloyati, Jizzax shahar Zilol MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Zulayho Hamroqulova nogiron farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgani uchun 2018-yilda davlat tomonidan uy berilgani, hozirgi vaqtda berilgan uyning 20 mln so‘mlik kredit qarzdorligi borligi, J.Ortiqxo‘jayev bilan uchrashish maqsadida 5-aprel kuni Toshkentga borgan vaqtida profilaktika inspektori unga qo‘ng‘iroq qilib Jizzaxga qaytishni talab qilgani, 8-aprel kuni farzandini maktabga olib ketayotgan vaqtida IIB xodimlari uni prezident yo‘liga chiqishi mumkinligidan gumonlab o‘zini va o‘g‘lini majburan mashinaga solishib, bug‘ib ushlab turishgani, shundan so‘ng o‘zining va o‘g‘lining salomatligi og‘irlashgani haqida shikoyati tarqaldi.
Holat yuzasidan shahar hokimligi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish olib borilganida aniqlanishicha, Hamrakulova Zulayho Nishonovna Zilol MFY Mustaqillik ko‘cha 12-uy 23-xonadonda 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashaydi. Farzandiga nogironlik belgilangan, ishsiz, taklif etilgan ish o‘rinlarini rad etgan. Nogiron farzandi bo‘lganligi sababli oilasida daromad topishini yo‘lga qo‘yish maqsadida 10 000 000 so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan,uyda daromad qilishi uchun pech bilan taʼminlangan. 2018-yil uy-joyga muhtoj fuqaro sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 285- sonli qarori bilan uy-joy bilan taʼminlangan va uy joyining boshlang‘ich 25% to‘lovi, 42 299 432 so‘m miqdoridagi mablag‘i Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasidan to‘lab berilgan.
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining qarori bilan farzandini davolatish uchun 10 000 000 so‘m miqdorida moddiy yordam ajratilgan. Viloyat, shahar hokimliklari, mahalla homiylari tomonidan muntazam ravishda moddiy yordam, bepul tibbiy yordamlar, pul ko‘rinishidagi homiylik yordamlari ko‘rsatib kelingan. Barcha bayramlar arafasida shahar hokimligi va homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berib kelingan. 2024 yilning aprel oyida hayit bayrami arafasida ham Jizzax shahridagi "Deya shirinliklari" korxonasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va 3 000 000 so‘m miqdorida homiylik yordami, Jizzax shahar Vasiylik kengashining qarori bilan 9 aprel kuni 1 360 000 so‘m miqdorida moddiy yordam ajratilgan.. Har 6 oyda Vaqf fondidan doimiy ravishda moddiy yordam berib boriladi