Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10

RASMIY MUNOSABAT

26 март 2024 йил
126
0

Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahri “Obod” mahallasi 101-B ko‘p qavatli uy 4-xonadonda ijarada yashovchi U.Mirzayeva uch nafar farzandi bilan og‘ir sharoitda yashayotgani, uy olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati eʼlon qilingan edi.


Holat yuzasidan shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, fuqaro Mirzayeva.U 2023 yil 5 dekabr kuni “Ittifoq”  MFY da ko‘chib o‘tgan, 3 nafar farzandi bilan  birga  ijarada istiqomat qiladi,  boquvchisi  yuq.


Mahallada shakllantirilayotgan "Ayollar daftari"ning  5 bosqichi qaramog‘ida  nogiron farzandi bo‘lgan  ehtiyojmand xotin-qizlar  toifasiga ro‘yxatga olingan, vasiylik Kengashining 2024 yil 25 martdagi № 1 sonli qarori bilan 1 360 000 (bir million uch yuz oltmish ming) so‘m moddiy yordam ajratilgan.


2023 yil  “Ittifoq” mahallasida yashagan vaqtida  vasiylik Kengashining  2023 yil 15 sentyabridagi № 13 sonli qarori bilan  660 000 so‘m (ijara kompensatsiyasi  uchun) mablag‘ ajratilgan, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 2023 yil  11 noyabridagi № 56-136-3-55-K/23 sonli qarori bilan 1 320 000 (bir million  uch yuz yigirma ming” so‘m moddiy yordam ajratilgan, nogiron farzandi uchun nogironlik aravachasi ajratilgan.


Shuningdek, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2023 yildagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmon tartib qoidalariga asosan, banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshqa xarajatlarni inobatga oluvchi skoring tizimini joriy etilganligi hamda ushbu uy-joylarni subsidiya asosida sotib olish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali ariza bilan murojaat qilish tushuntirildi.

Jizzax shahar hokimligi xotin-qizlar boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MАʼLUMOTNOMА
11 июль 2023, Вторник
MАʼLUMOTNOMА
NAVBATDAGI MUROJAAT HAM O‘RGANILDI
16 июнь 2023, Пятница
NAVBATDAGI MUROJAAT HAM O‘RGANILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар