Yana bir mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami arafasida shahrimizning “Madaniyat” va “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z yangi binosiga ega bo‘ldi. Mazkur binolar zamonaviy ko‘rinish kasb etib, barcha qulayliklarga ega.
“Madaniyat” MFY yangi binosi “SAFFE HOUSE” MCHJ tomonidan barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlaring umumiy qiymati 3 mlrd so‘mni tashkil etib, bino ichida beshta ishchi xodimlar uchun xona, bitta majlislar xonasi, bitta foye(kirish zali)dan jami 240 kv.M , binoning old qismida avtoturargohni ham o‘z ichiga oladi.
Aytib o‘tish joizki, bino ichki xonalari to‘liq zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan va binoda mutolaa qilish uchun kutubxona burchagi ham tashkil etildi. Endilikda mahalla ahli yangi binoda yangi maqsadlar tomon ildam qadam tashlashiga shubha yo‘q.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati