JIZZAX SHAHRIDA 21-OKTABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 34 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA
Joriy yilning 18-19-oktabr kunlari Jizzax “Sambhram” universiteti faollar zalida Jizzax shahar hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax shahar bo‘linmasi hamda Jizzax “Sambhram” universiteti hamkorligida 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan esselar tanlovi tashkil etildi.
Ona vatanimiz-Yangi O‘zbekistonga muhabbat, jamiyatimizda o'zbek tilini keng targ'ib qilish, yoshlar qalbida ona tilimizga hurmat tuyg'ularini shakllantirish maqsadida, shahar hokimligi tashabbusi bilan “O‘zbek tili-milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli'' shiori ostida tashkil etilgan esselar tanlovida 100 ga yaqin shahardagi barcha korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari, o’quvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tanlovning birinchi kunida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha korxona, tashkilot, idoralardan hamda ta'lim muassasalardan saralab olingan 1 nafardan xodimlar, o‘quvchi va talaba yoshlar tanlovda o'zlarini sinab ko'rish uchun ishtirok etdilar.
Esse yozish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratildi. 5 nafar hakamlar hay'ati a'zolari va nazoratchi xodimlar ishtirokchilarni 1 soat davomida kuzatib bordi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati