Jizzaxda uchta mahalla binosi foydalanishga topshirildi
Yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami arafasida shahrimizning “Madaniyat”, “Mirzo Ulug‘bek” va “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z yangi binosiga ega bo‘ldi. Mazkur binolar zamonaviy ko‘rinish kasb etib, barcha qulayliklarga ega.
Ochilish marosimida shahar sektor rahbarlari, nuroniylar , mahalla faollari, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Aytib o‘tish joizki, foydalanishga topshirilgan binolarning ichki xonalari to‘liq zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan va binoda mutolaa qilish uchun kutubxona burchagi ham tashkil etilgan. Endilikda mahalla ahli yangi binoda yangi maqsadlar tomon ildam qadam tashlashiga shubha yo‘q.
Shuningdek, tadbir davomida jurnalistlar uchun shaharda yangi ta’mirlanayotgan ichki yo‘llar bo‘ylab media-tur ham tashkil etildi. Media-tur davomida jurnalistlar mutasaddilardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati