Jizzax shahri Obod mahallasi Bunyodkor ko‘chasi taʼmiri yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
Yaqindagina ijtimoiy tarmoqlar orqali Obod mahallasi 83 uy oldidagi Bunyodkor ko‘chasi 2 sektor rahbari 3 yil oldin ko‘chani asfalt bo‘lishini aytib, hovlilar orqa tomonidagi daraxtlarni kestirgani, 3 yildan buyon boshqa ko‘chalar asfalt bo‘lib ketgani, lekin shu ko‘cha qolib ketgani, qishda ko‘cha botqoqqa aylanib qolishi va bolalar 2-3 km aylanib, katta yo‘l bilan maktablariga borib kelishidan shikoyat qilingan tanqidiy murojaat eʼlon qilingan edi.
Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati hamda tegishli tashkilotlar birgalikda surishtiruv ishlarini olib bordi.
Aytib o‘tish joizki, Obod mahallasi Bunyodkor ko‘chasida 83-uyning old tomonidagi yo‘lni shag‘allashtirish ishlari 2023 yildagi yo‘llarni taʼmirlash ishlari qolgan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yana shuni aytib o‘tish joizki, Obod mahallasi Bunyodkor ko‘chasi 83-uyda yashovchi fuqarolar shu paytgacha shahar hokimi yoki masʼul tashkilotlarga biron marta yozma yoki og‘zaki murojaat qilishmagan. Fuqarolardan shunga o‘xshash muammolar paydo bo‘lgan holatlarda avvalo masʼul tashkilotlarga murojaat qilishlarini iltimos qilib qolamiz.