NAVBATDAGI SAYYOR QABUL
2023-yil 13-may kuni 1-sektor hududidagi Jizzax shahar Ulug‘bek mahallasidagi 18-umumta’lim maktab faollar zalida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda shahar hokimligi xodimlari, tegishli idoralar, tashkilotlar rahbarlari va mahalla oqsoqollari ishtirok etishdi.
Qabul davomida 40 nafar fuqaro murojaat qilishdi. Shundan 10 tasi yoshlarga qarashli talaba shartnomasi, moddiy yordam va kredit masalasida bo‘lib, qolgan 30 tasi esa yo‘l ta’miri, uy-joy ta’miri va mahallaga suv olib kelish masalalaridan iborat edi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati