Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Soliq tekshiruvlari natijasidan norozi boʼlib sudga shikoyat qilishning umumiy asoslari

Soliq tekshiruvlari natijasidan norozi boʼlib sudga shikoyat qilishning umumiy asoslari

20 апрель 2023 йил
122
0

Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga koʼra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega.

Soliq toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan, soliq organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi koʼrsatmasi mavjud boʼlgan hujjat soliq organining normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjati deb eʼtirof etiladi.

Soliq organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari boʼyicha qabul qilgan qarori yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ushbu qaror boʼyicha soliqlarning va moliyaviy sanktsiyalarning undirilgan (toʼlangan) summalari Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu summalar undirilgan (toʼlangan) davrda amalda boʼlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda qaytarilishi (hisobga olinishi) lozim.

Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish soliq toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shaxsning soliq organiga uning kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga koʼra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb eʼtirof etiladi.

Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat boʼyicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʼshimcha hisoblangan soliqlar va yigʼimlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanktsiyalar qoʼllanilishini toʼxtatib turadi. Soliq toʼlovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan boʼlsa, oʼsha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʼgʼrisida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.

Soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʼyicha qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin boʼladi. Bu qoida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Аgar shikoyat boʼyicha qaror ushbu Kodeksning 235-moddasi sakkizinchi va toʼqqizinchi qismlarida belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinmasa, soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Yuqori turuvchi soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʼlmagan, shikoyatlarni koʼrib chiqish yakunlari boʼyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan faqat sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyalari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega boʼlmagan, shikoyatlarni koʼrib chiqish yakunlari boʼyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasiga shikoyat qilinishi mumkin.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasining normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish Oʼzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Shikoyat bergan shaxs shikoyat boʼyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʼrib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yoʼli bilan shikoyatni toʼliq yoki qisman chaqirib olishi mumkin.

Shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni oʼsha asoslarda shikoyat bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etadi.

Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʼyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.

Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart.

Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʼyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs oʼz huquqlari buzilganligi toʼgʼrisida bilgan yoki bilishi kerak boʼlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʼra oʼtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʼyicha yuqori turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi mumkin.

Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar soliq organiga yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.

Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Shikoyatda quyidagilar koʼrsatiladi:

1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi yoki shikoyat berayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili;

2) soliq organining normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjati, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilayotgan shikoyat;

3) soliq organining nomi, normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjat, ustidan shikoyat berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi);

4) shikoyat berayotgan shaxs oʼzining huquqlari qaysi asoslarga koʼra buzilgan deb hisoblasa, oʼsha asoslar;

5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari.

Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʼz vaqtida koʼrib chiqish uchun zarur boʼlgan boshqa maʼlumotlar koʼrsatilishi mumkin.

Shikoyat soliq organining normativ xususiyatga ega boʼlmagan hujjati, uning mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berayotgan shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Shikoyatga shikoyat berayotgan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi mumkin.

 

M.M.Yuldashev

Jizzax tumanlararo

maʼmuriy sudining sudʼyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар