Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

10 март 2023 йил
113
0

 O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-817-son Qonun mazmun-moyihatini yoritish bo‘yicha

ANNOTATSIYA

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–817, 15.02.2022-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Shuningdek, “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari kiritildi.

Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:

  1. Mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga qiziqishi;
  2. Mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi;
  3. Mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.

 Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.

Shu bilan birga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ishdan bo‘sh soatlarda, tungi dam olish uchun ajratilgan vaqtdan tashqari, kinofilmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘rish, radio eshittirishlar eshitish huquqiga ega bo‘ldi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasining

O‘RQ-817-son Qonuni (15.02.2022-y.)

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар