Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » JIZZAX VILOYATI HOKIMI ERGASH SALIYEVNING NAVBATDAGI AHOLI BILAN OMMAVIY QABULI

JIZZAX VILOYATI HOKIMI ERGASH SALIYEVNING NAVBATDAGI AHOLI BILAN OMMAVIY QABULI

30 январь 2023 йил
200
0

 2023-yil 28-yanvar kuni Jizzax shahridagi Davlat xizmatlari markazida viloyat hokimi Ergash Saliyevning navbatdagi aholi bilan ommaviy qabuli o‘tkazildi. Ommaviy qabul avvalida viloyat hokimi Ergash Saliyev Jizzax shahrida 2022-yilda amalga oshirilgan va 2023-yilda amalga oshiriladigan qurilish–obodonlashtirish ishlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

 Jizzax shahrida 2022-yilda 3 ta Dasturlar doirasida jami 287,3 mlrd so‘mlik qurilish – ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, Investitsiya Dasturiga asosan 23 ta ob’ektda 261 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, 15 ta ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

“Obod mahalla” dasturi asosida “Oqqo‘rg‘onlik”, “Amir Temur” va “Tinchlik” mahallalariga barcha manbalar hisobidan 22,1 mlrd so‘mma hisobiga ishlar amalga oshirildi.

Vazirlar Mahkamasining 635 – sonli qaroriga asosan ichimlik suvi, elektr energiya, ichki yo‘llar va boshqa infratuzilma ob’ektlari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hal etish uchun shaharga barcha manbalar hisobidan 3,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

 

 Jizzax shahrida 2023 yilda 3 ta Dasturlar doirasida jami 338 mlrd so‘mlik qurilish – ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 Jumaladan, Investitsiya Dasturiga asosan 15 ta ob’ekt uchun jami 215,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Prezidentimizning PQ–408 sonli qaroriga asosan shahardagi 22 ta ob’ektlar uchun 120,4 mlrd so‘m mablag‘lik ishlar bajarilishi ko‘zda tutilgan.

Ommaviy qabulda aholining har qanday murojaati tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi va tegishli tartibda yechim topishi uchun 13 ta guruhlar tashkil etildi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev va Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodovlar har bitta guruhga shaxsan o‘zlari borishdi va 87 nafar fuqaroning 124 ta masalalardan iborat murojaatlari tinglandi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар