Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning oldini olish masalalari ko'rib chiqildi
Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning oldini olish hamda fuqarolarni tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiyasiga yuborishni tizimli yo'lga qoʻyish yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi tashkil etildi.
Yigʻilishda, tashkil etilgan ishchi guruhning asosiy ish faoliyati shaharda fuqarolarni xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasiga jalb qilish , tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasi ulushini oshirishga va chet elda ish faoliyatini amalga oshirayotgan hamda Oʻzbekistonga qaytib kelganlar bilan ishlashga qaratilgan keng miqyosli chora-tadbirlar amalga oshirish, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-59-son Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan zaruriy choralar bilan tanishtirib, yoʻnalishlar boʻyicha mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.Yigʻilishda, tashkil etilgan ishchi guruhning asosiy ish faoliyati shaharda fuqarolarni xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasiga jalb qilish , tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasi ulushini oshirishga va chet elda ish faoliyatini amalga oshirayotgan hamda Oʻzbekistonga qaytib kelganlar bilan ishlashga qaratilgan keng miqyosli chora-tadbirlar amalga oshirish, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi "Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda chet elda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-59-son Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini tashkil etish uchun amalga oshirilishi lozim boʻlgan zaruriy choralar bilan tanishtirib, yoʻnalishlar boʻyicha mas'ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Shahar hokimi yigʻilish davomida migratsiya sohasiga oid masalalarda ishchi guruh a’zolariga topshiriqlar berdi va yil yakuniga qadar mazkur Farmon va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mehnat migratsiyasi sohasida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarning oldini olish hamda fuqarolarni tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga yuborishni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida yigʻilish qarori qabul qilindi.