Jizzax shahar jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiyasi shtabi faoliyati o‘rganildi
Jizzax viloyat prokurori I.Ergashxodjayev, viloyat IIB boshlig‘i G‘.Qodirov va barcha shahar sektor rahbarlari birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiyasi Jizzax shahar shtabida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etilishiga oid takliflar muhokamasida ishtirok etdi.
Shuningdek, xavfsiz hudud tadbiri doirasida qizil hududga tushgan Ittifoq va Bobur mahallalarida jinoyatchilikka qarshi kurash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar, tungi guruhlarga jalb etilgan kuch vositalarning taqsimoti ahvoli o‘rganilib, xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, shaharning kriminogen vaziyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirgan holda profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati