Mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 08.08.2023- yildagi “2023-yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib terib olish uchun Jizzax viloyatidagi ishsiz fuqarolarni mavsumiy ishlarga jalb etish” bo‘yicha shaharda tashkil etiladigan mehnat yarmarkalari tasdiqlangan reja-grafigiga asosan 2023-yil 10-avgust kuni soat 10-00 da Jizzax shahar Ishga marhamat monomarkazida shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2023-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida fermer xo‘jaliklari tomonidan terimchilarni erkin yollanishini taʼminlash, aholini paxta yig‘im-terimiga erkin yollashga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish, paxta terimiga terimchilarni shartnoma asosida yollanishi, paxta terimi jarayonida maishiy-gigiyenik sharoitlar yaratilishi, terimchilarga kundalik issiq ovqat va paxta terimi haqi o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda shahar hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan ishsiz hamda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi hamda ularga ishga joylashishlarida huquqiy maslahatlar berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati