JIZZAX SHAHRIDAGI XOTIN-QIZLARGA SUBSIDIYALAR BERILDI
Mamlakatimizda ayollarga keng imkoniyatlar berish, resurslar va sarmoyalarni teng taqsimlash borasida qator islohotlar va tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Davlat dasturlari va loyihalari tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan xotin-qizlarni yetarli kapital va investitsiyalar bilan taʼminlashga qaratilgan.
Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilmoqda. Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, to‘qimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 10 million so‘mgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilmoqda.
✅Subsidiyaning kreditdan farqi shundaki, u davlat tomonidan maʼlum bir sohalarni rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. Lekin, ajratilgan subsidiya suiisteʼmol qilinganligi aniqlansa, davlat qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda uni qaytarib olishi mumkin.
‼️Aholi orasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, bandlikni taʼminlash hamda kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ajratilgan subsidiyalar Jizzax shahrida yashab tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin qizlar “Nurliobod” MFY Olimlar ko‘chasi 110-uyda yashovchi Abduraimova Gulasal Suyun qiziga, “Madaniyat” MFY K.Imomov ko‘chasi 18-uyning, 5-xonadonida yashovchi Isroilova Marxabo Turdibekovnaga, “Olmazor” MFY K.Yormatova ko‘chasi 71-uyda yashovchi Qobilova Kamola Xolmatovnaga, “Bunyodko MFY G‘oliblar ko‘chasi 39- uyda yashovchi Xudoyberdiyeva Dilobar Said qiziga, “Tinchlik” MFY Sherabod ko‘chasi 8-uyning, 1-xonadonida yashovchi Normatova Mavluda Sunnatovnaga 5 500 000 so‘mlik asbob–uskunalar subsidiya asosida tarqatildi.