Jizzax viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, viloyat hokimi Ergash Saliyev, soha vakillari hamda viloyat faollari ishtirok etdi.
Maʼlumki, qonun ustuvorligini taʼminlash har bir mamlakat taraqqiyotining asosiy shartlaridan hisoblanadi. Taʼkidlash kerakki, bunda prokuraturaning oʻrni va roli juda muhim. Maʼlumki, qonun ustuvorligini taʼminlash har bir mamlakat taraqqiyotining asosiy shartlaridan hisoblanadi. Taʼkidlash kerakki, bunda prokuraturaning oʻrni va roli juda muhim.
Yigʻilishda ishtirok etgan Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev soʻzga chiqib, viloyatda mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar va oldinda turgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, Adliya katta maslahatchisi Islomjon Ergashxoʻjayev Jizzax viloyati prokurori lavozimidan sogʻligi yomonlashganiligi sababli oʻz arizasiga binoan ketganligi maʼlum qilindi va yangi viloyat prokurori tanishtirildi.
Jizzax viloyati prokurori etib, Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibroximov tayinlandi.
Baxtiyor Toyirjonovich Ibroximov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.