Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 55- sessiyasida muhim va dolzarb masalalar muhokama etildi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 55- sessiyasida muhim va dolzarb masalalar muhokama etildi

13 сентябрь 2023 йил
179
0

Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 55-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Jizzax shahar hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, kun tartibiga aloqador korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari , OAV vakillari, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruhi aʼzolari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Qodirov  Alisher Keldiyevich ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi – Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov olib bordi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Jizzax shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini taʼminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi to‘g‘risida;

Jizzax shahriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish hamda 2023 yilning o‘tgan davrida yangi ish o‘rinlarni yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarning holati hamda kelgusida belgilangan asosiy vazifalar to‘g‘risida;

Yuksalish umummilliy harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston XDP Jizzax shahar Kengashi deputatlik guruhi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 2 maydagi PQ-146-sonli Qarorining Jizzax shahridagi ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan monitoring tadbiri yakunlari to‘g‘risida;

Jizzax shahar mahalliy byudjeti hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidagi mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Sessiya yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruhi aʼzolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Qodirov  Alisher Keldiyevich hamda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlarining muhokama etilgan masalalar bo‘yicha fikr va mulohazalari eshitildi.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар