Yil boshidan 4,7 milliard so‘m aliment pullari undirib berildi..
Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning taʼminoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda masʼuliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday masʼuliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va taʼsirchanligini oshirish maqsadida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.
Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar tumani bo‘limi tomonidan4,7 mlrd. so‘m aliment qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 115nafar fuqarolar ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilari doimiy ish bilan taʼminlangan bo‘lsa, 85 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.
Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment taʼminotini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 77 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 474-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan.
Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yetganga qadar beriladigan taʼminotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.