Sektor rahbari mahalla beshligi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Jizzax shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4-sektor rahbari J.Axbo‘tayev sektor hududidagi Zargarlik mahallasida faoliyat yuritayotgan mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan uchrashdi.
Sektor rahbari va mahalla faollari o‘rtasida bo‘lgan uchrashuv davomida masʼullarga xonadonbay yurish tamoyili asosida aholi murojaatlarini o‘rganish, yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan sektor rahbariga takliflar kiritish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, sektor rahbari masʼul tashkilot vakillariga mahallada mavjud "qizilʼ va “sariq” toifaga kiritilgan ishsiz fuqarolar bandligini hokim yordamchisi, shahar tijorat banklari bilan hamkorlikda imtiyozli kreditlar berish, asbob-uskuna va mehnat qurollari uchun subsidiyalar berish orqali hal qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati