Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan konstitutsiyasida inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining kafolatlari mavzusida seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan konstitutsiyasida inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining kafolatlari mavzusida seminar tashkil etildi

10 август 2023 йил
221
0

Mamklakatimizda o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, Konstitutsiya yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur yangi konstitutsiyada inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining kafolatlari deb nomlangan bitta bo‘lim mavjud bo‘lib, unda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarining kafolati belgilangan. Jumladan, 19-modda O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

Shuningdek, 25-moddasiga asosan Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun masʼul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiisteʼmolchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda. Shu bilan birga, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolayotganligi to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga maʼlumot berdi.

Shundan so‘ng, Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi N.Djurayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni qabul qilishining asosiy maqsadi,Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘lgan.Farmonga asosan 2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur 1-ilovaga muvofiq; 2022 — 2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022-2023 yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab:byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishi;mazkur yuridik shaxslarning ushbu band ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan xodimlar oldidagi majburiyatlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘langan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hajmida kamaytirilishi belgilab qo‘yilgan.Xotin-qizlarga taʼlim olishlari uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:a) oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning taʼlim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat byudjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari yo‘naltirilgan.b) davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat byudjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m moliyalashtirilgan.v) xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari bo‘yicha — 50 nafar, magistratura taʼlim dasturlari bo‘yicha — 10 nafar xotin-qizlarga har yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratib borilishi belgilangan.G) har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tavsiyalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilishi ko‘zda tutilgan.D) mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qo‘mita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilishi belgilanganligi to‘g‘risida maʼruza qildi.

Shundan so‘ng Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi raisi o.Asatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-99-sonli Farmon mazmun-mohiyati to‘g‘risida maʼruza qildi. Maʼruzada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilishi yaʼni : qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish); yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni qonunchilikdan to‘liq chiqarib tashlash; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlashning yagona tartibini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘armalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarini takomillashtirish; yer to‘g‘risidagi qonunosti hujjatlaridagi o‘zaro nomuvofiqliklarni bartaraf etish. Ushbu Farmon bilan kiritilgan o‘zgartirishlar quyidagicha: davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan qoplanishi, keyinchalik aybdor shaxslardan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olinishi lozim.

Shundan so‘ng Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi N.Djurayev xam PF-99-sonli Farmonga muvofiq kiritilgan o‘zgarishlarni to‘ldirib, Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini qonunchilikka muvofiq xususiylashtirish huquqiga ega; ko‘rsatilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari asosida amalga oshiriladi; xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir, ularga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi; yer uchastkalarini xususiylashtirish faqatgina unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan holda hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘langanda amalga oshiriladi; sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun, shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi; Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, joriy etiladigan tartibga muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkalari) tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion orqali beriladi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer uchastkalarini ijaraga berish hollari bundan mustasno; jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “YERELEKTRON” AAT) yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti to‘g‘risidagi maʼlumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqi berilishi to‘g‘risida maʼruza qildi.

Shuningdek, maruzachi yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardi.

N.Djurayev

Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар