Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » RESPUBLIKAMIZDA XOTIN-QIZLAR MANFAATLARI – DOIMIY EʼTIBORDA

RESPUBLIKAMIZDA XOTIN-QIZLAR MANFAATLARI – DOIMIY EʼTIBORDA

30 май 2023 йил
181
0

So‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratik ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faol ishtiroki inobatga olgan holda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini yanada oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xotin-qizlarni himoyalash mexanizmini kuchaytirish maqsadida 2019-yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi” O‘RQ–561-sonli Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan. Shuningdek, sohadagi munosabatlarni tartibga solish, tazyiqlar va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlash ham qonunning muhim maqsadlaridandir. Ushbu Qonun bilan jinsiy zo‘ravonlik, jismoniy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, iqtisodiy zo‘ravonlik, zo‘ravonlik, ish joyi, tazyiq, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, tazyiqlar va zo‘ravonlikning oldini olish, muhofaza orderi kabi yangi tayanch tushunchalar kiritildi va mazmun-mohiyati ochib berildi.

Ushbu Qonunga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilgani yoki ularni sodir etish tahdidi to‘g‘risida ariza bilan tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish huquqiga egaligi belgilandi.

 Joriy yilning 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–562-sonli Qonuni qabul qilindi. Qonunga ko‘ra, davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash orqali davlat boshqaruvida turli jinsdagi shaxslarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi kafolatlanadi.

Ushbu Qonun bilan gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar, gender, gender statistikasi, gender-huquqiy ekspertiza, jins bo‘yicha bevosita kamsitish, jins bo‘yicha bilvosita kamsitish kabi yangi tayanch tushunchalar kiritildi va mazmun-mohiyati ochib berildi va davlat xizmati sohasida, saylov huquqlarini amalga oshirishda, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda, taʼlim, ilm-fan, madaniyat hamda sog‘liqni saqlash sohasida xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari belgilandi. Xususan, qonun hujjatlaridagi jins bo‘yicha kamsitilishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ushbu hujjatlar va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasi o‘tkaziladigan bo‘ldi. Shuningdek, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi yagona davlat siyosati Gender tengligini taʼminlash bo‘yicha komissiya tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli qnuniga asosan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasi 17-band bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, Maʼmuriy sudlarga O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari – xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va daʼvolar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishining bosh maqsadi; jamiyatda, turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalari va boshqa joylarda xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boliev Sharofiddin

Jizzax viloyat maʼmuriy sudi

sudyasi

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар