Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jinoyatchilikni va huquqbuzarliklarni oldini olish,  nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Jinoyatchilikni va huquqbuzarliklarni oldini olish,  nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

16 май 2024 йил
8
0

2024-yilning 13-may kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Jizzax shahar hududida 2024-yilning 4-oyi davomida shahar hududida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, oilaviy ajrimlarni oldini olish va nizoli oilalar bilan olib borilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov,  Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik S.Xolmirzayeva, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i O‘.Yuldashev, Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasi, jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori N.Risqulova, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahalla xotin-qizlar faollari, oqila ayollar harakati va buvijonlar maktabi vakillari, mahallalardagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi aʼzolari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashdilar.

Yig‘ilishda shaharda, jumladan 1-sektor hududida jinoyatchilik va ajrimlarning oldini olish, oilaviy nizolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama etildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар