Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Yangi qonun targ‘iboti bo‘lib o‘tdi

Yangi qonun targ‘iboti bo‘lib o‘tdi

14 август 2023 йил
133
0

Joriy yilning 10-avgust kuni Jizzax shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Jizzax shahar adliya bo‘limi hamda Jizzax viloyat “Istiqlol avlodi” NNT bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuning targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida shaharning barcha mahalla faollari, mahalla fuqarolari qatnashdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i X.Negmatova, Adliya bo‘limi xodimlari Raxmatov Abdulaziz Sirojiddin o‘g‘li va Yokubjonova Mahfuza Voxidjon qizi, Jizzax viloyat “Istiqlol avlodi” NNT huquqshunosi U.Begmatov Qonun targ‘iboti to‘g‘risida o‘zining maʼruzalari va mavzuga doir videoroliklari qatnashuvchilarda kata qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda 201 nafar ishtirokchilarga Qonunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining 10 ta Qonunlari va 5 ta kodekslariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga nisbatan kuchaytirilgan jazo turlari,ularga beriladigan Himoya orderlarining muddati bir yilgacha uzaytirilganligi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.


Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MUROJAATLAR O‘RGANILMOQDA
17 июнь 2023, Суббота
MUROJAATLAR O‘RGANILMOQDA
NAVBATDAGI MUROJAAT HAM O‘RGANILDI
16 июнь 2023, Пятница
NAVBATDAGI MUROJAAT HAM O‘RGANILDI
MUROJAAT ATROFLICHA O‘RGANILDI
16 июнь 2023, Пятница
MUROJAAT ATROFLICHA O‘RGANILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар