Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahrida voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarning kelib chiqish sababalari, oqibatlari va bu borada tegishli tashkilotlarning vazifalari muhokama qilindi

Jizzax shahrida voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarning kelib chiqish sababalari, oqibatlari va bu borada tegishli tashkilotlarning vazifalari muhokama qilindi

31 январь 2024 йил
208
0

 

Joriy yilning 30-yanvar kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat prokurorining o‘rinbosari Turg‘un Xudoyberdiyev, Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Aziz Ergashev, shahar prokurori Muzaffar Mamatovlar ishtirokida 2023-yil davomida bolalarni himoya qilish ishlari bo‘yicha  Komissiya faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli barcha maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, ichki ishlar xodimlari, mahalla raislari, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan viloyat prokurorining o‘rinbosari Turg‘un Xudoyberdiyev  2023-yil davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahliliga tanqidiy to‘xtalib,  Jizzax shahridagi 1-, 2-, 5-,6-,17-, 19-hamda 25-maktab direktorlari ishini tanqidiy baholadi.

O‘quvchilar bilan ishlashda darsdan keyin ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha maktablarda tashkil etilgan to‘garaklar axvoli talab darajada tashkil etilmaganligi  aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan maktablarda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar axvoli va ularning ota-onalari bilan olib borilgan ishlar qoniqarsiz axvolda ekanligi takidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda Jizzax shahar prokurori Muzaffar Mamatov so‘zga chiqib bolalarni himoya qilish ishlari bo‘yicha  Komissiya a’zolarining faoliyati talab daajasida emasligiga to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra shahar tibbiyot birlashmasi va shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi rahbarlariga, shuningdek, shahar bolalarni himoya qilish ishlari bo‘yicha  Komissiya  maʼsul kotibi tomonidan olib borilgan ishlarda yo‘l quygan xato va kamchiliklari tanqid ostiga olindi.

Jizzax shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oshganligi tanqid ostiga olinib, bu borada shahar IIB profilaktika inspektorlari , psixologlari faoliyati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida mutasaddilar tomonidan barcha mas’ullarga o‘z faoliyatilarini yangicha yondoshuv bilan olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар