XALQ DEPUTATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING QARORI
XALQ DEPUTATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING
Q A R O R I
Jizzax shahrida “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida
g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli,
2022 yil 17 noyabrdagi PQ-425 qarorlari hamda Oliy Majlisi Senatining 2024 yil 30-
yanvardagi KQ-666-IV-son qarorlariga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan
tadbirlarni tanlab olish va shahar hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi
jamg‘armasi”dagi mablag‘larni mazkur tadbirlarga yo‘naltirish maqsadida “Mahalliy
davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-
moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari jizzax shahar Kengashi
QAROR QIlADI:
1. Joriy yil 1 fevraldan 22 fevralga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud
mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida shaharda istiqomat qiluvchilar uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan jami 208 ta takliflar bildirildi. 22 fevraldan 16 martga qadar
ushbu takliflarning barchasi modernizatsiyadan o‘tkazilib natijada 181 ta tashabbus ovoz
berish uchun qabul qilindi. 27 ta tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etildi. 16 martdan
4 aprelga qadar 181 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda
yakunida 18 ta tashabbus eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lganligi va jamg‘armada
23 116 400,0 ming so‘m mablag‘ shakllanganligi to‘g‘risidagi shahar iqtisodiyot va
moliya bo‘limi A.Abdujalilovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Ochiq budjet” axborot portalida 2024 yil 1-mavsum ovoz berish jarayonida
g‘olib bo‘lgan tashabbuslar ro‘yxati 1-ilovaga hamda g‘olib bo‘lgan 7 ta loyihalarni
amalga oshirish bo‘yicha xarid qilinadigan tovar (xizmatlar) reyestri 2-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
3. G‘olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro‘yxati shakllantirilsin. Taklifni
moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlar “Jizzax mintaqaviy yo‘llarga
buyurtmachi xizmati” DUK, Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi
xizmati" IK DUK, hamda “Obektlarni saqlash bilan bog‘liq jihozlash-taʼmirlash ishlari
bo‘yicha tegishli tarmoq korxonalari” etib belgilansin.
4. “Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK (Sh.Anorboev) va
viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK (D.Qoplonov) va
xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar rahbarlariga: iqtisodiyot va moliya
vazirligining DMBAT dasturida (4017…) shaxsiy g‘azna hisob varag‘i ochish chorasini
ko‘rsin. Ushbu g‘olib bo‘lgan taklif to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan so‘ng (kassa
xarajatidan) ortgan mablag‘ shahar hokimligi qoshida ochilgan fuqarolar tashabbusi
jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga to‘liq qaytarish vazifasi yuklatilsin.
5. Shahar televideniyesi (B.Eshonqulov), “Jizzax ovozi” gazetasi tahririyati
(S.Donishev) va shahar hokimligi axborot xizmati (X.Raximova)larga g‘olib deb topilgan
18 ta takliflarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Shahar hokimligi bosh hisobchisi (Q.Naxalboev)ga g‘olib deb topilgan
takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan ilovada keltirilgan amalga oshirishning
aniqlangan qiymati miqdorida mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
7. Shahar G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (Sh.Fayziev)ga ushbu mablag‘ni
tegishli tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin. Ushbu mablag‘ni manzilli ro‘yxatda
ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilsin va ushbu mablag‘larning boshqa
maqsadlarga ishlatilishi taʼqiqlansin.
8. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy
byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va
tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (Sh.Azimov) hamda shahar
hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b (R.Ismayilov) zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi XOLMURODOV KOMIL
ADXAMOVICH
Онлайн: open-byudzhet-byicha.pdf