Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahrida “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida

Jizzax shahrida “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida

29 сентябрь 2023 йил
141
0

 Jizzax shahrida “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida
g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli,
2022 yil 17 noyabrdagi PQ-425 va 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qarorlari
hamda Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-son qarorlariga
asosan Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va shahar
hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni
mazkur tadbirlarga yo‘naltirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-, va 24-moddalariga muvofiq, Xalq
deputatlari Jizzax shahar Kengashi
QAROR QILADI

1. Joriy yil 17 iyuldan 7 avgustga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud
mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida shaharda istiqomat qiluvchilar uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan jami 119 ta takliflar bildirildi. 7 avgustdan 27 avgustga qadar
ushbu takliflarning barchasi modernizatsiyadan o‘tkazilib natijada 112 ta tashabbus
ovoz berish uchun qabul qilindi. 7 ta tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etildi. 27
avgustdan 16 sentyabrga qadar 112 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok
etganligi hamda yakunda 5 ta tashabbus eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lganligi va
jamg‘armada 6 698 295,0 ming so‘m mablag‘ shakllanganligi to‘g‘risidagi shahar
iqtisodiyot va moliya bo‘limi A.Abdujalilovning hisoboti maʼlumot uchun qabul
qilinsin.
2. “Ochiq byudjet” axborot portalida 2023 yil 2-mavsum ovoz berish
jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslar ro‘yxati 1-ilovaga hamda g‘olib bo‘lgan ID
03166687004 loyihani amalga oshirish bo‘yicha xarid qilinadigan tovar (xizmatlar)
reyestri 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. G‘olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro‘yxati shakllantirilsin. Taklifni
moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlar “Jizzax mintaqaviy yo‘llarga
buyurtmachi xizmati” DUK, Jizzax viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona
buyurtmachi xizmati" IK DUK, hamda “Obektlarni saqlash bilan bog‘liq taʼmirlashishlari bo‘yicha tegishli tarmoq korxonalari” etib belgilansin.
4. ID-031286915004 g‘olib taklifni balansda saqlovchi tashkilot etib Jizzax
shahar madaniyat va turizm bo‘limiga berilsin hamda qurilishiga yer ajratish
masalasini hal etish shahar hokimi o‘rinbosari (X.Onalboyev) zimmasiga yuklatilsin.
5. “Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK (Sh.Anarbaev) va
viloyat hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" IK DUK (X.Xasanov) va
xarajatlarni amalga oshirishga masʼul tashkilotlar rahbarlariga: iqtisodiyot va moliya
vazirligining DMBAT dasturida (4017…) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish
chorasini ko‘rsin. Ushbu g‘olib bo‘lgan taklif to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan
so‘ng (kassa xarajatidan) ortgan mablag‘ shahar hokimligi qoshida ochilgan fuqarolar
tashabbusi jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘liq qaytarish vazifasi
yuklatilsin.
6. Shahar televideniyesi (B.Eshonqulov), “Jizzax ovozi” gazetasi tahririyati
(S.Donishev) va shahar hokimligi axborot xizmati (X.Raximova)larga g‘olib deb
topilgan 5 ta takliflarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
7. Shahar hokimligi bosh hisobchisi (Q.Naxalboev)ga g‘olib deb topilgan
takliflarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan ilovada keltirilgan amalga
oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
8. Shahar G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (Sh.Fayziev)ga ushbu
mablag‘ni tegishli tartibda moliyalashtirilishini taʼminlasin. Ushbu mablag‘ni manzilli
ro‘yxatda ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilsin va ushbu
mablag‘larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi taʼqiqlansin.
9. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari shahar Kengashining
mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (Sh.Azimov) hamda
shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (A.Ergashev) zimmalariga yuklatilsin.

Kengash raisi K.Xolmurodov

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар