Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 58- sessiyasida muhim va dolzarb masalalar muhokama etildi
Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 58-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Jizzax shahar hokimining o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, kun tartibiga aloqador korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari , OAV vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada deputatlar tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda mahallalaridagi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha “hokim yordamchilari” faoliyatining natijadorligini o‘rganish bo‘yicha kiritilgan axborotni muhokama etish;
Shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2023 yil davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida;
Jizzax shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini taʼminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2023-yilning 4-choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida;
Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Shaharda investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2023-yilning 4-choragi davomida mahalliy byudjet ijrosi to‘g‘risida shuningdek, hudud salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida hamda 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida;
Xalq deputatlari shahar Kengashi hamda uning doimiy komissiyalarining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash, Jizzax shahrida yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yana-da oshirish to‘g‘risida hamda Jizzax shahar mahalliy byudjeti va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidagi mablag‘larni xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida masalalar muhokama qilindi.
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati