Joriy yilning 30-yanvar kuni Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat prokurorining o‘rinbosari Turg‘un Xudoyberdiyev, Jizzax shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Aziz Ergashev, shahar prokurori Muzaffar Mamatovlar ishtirokida 2023-yil davomida bolalarni himoya qilish ishlari bo‘yicha Komissiya faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli barcha maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, ichki ishlar xodimlari, mahalla raislari, tegishli tashkilot mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan viloyat prokurorining o‘rinbosari Turg‘un Xudoyberdiyev 2023-yil davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan huquqbuzarliklar tahliliga tanqidiy to‘xtalib, Jizzax shahridagi 1-, 2-, 5-,6-,17-, 19-hamda 25-maktab direktorlari ishini tanqidiy baholadi.
O‘quvchilar bilan ishlashda darsdan keyin ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha maktablarda tashkil etilgan to‘garaklar axvoli talab darajada tashkil etilmaganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan maktablarda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar axvoli va ularning ota-onalari bilan olib borilgan ishlar qoniqarsiz axvolda ekanligi takidlab o‘tildi.
Yig‘ilishda Jizzax shahar prokurori Muzaffar Mamatov so‘zga chiqib bolalarni himoya qilish ishlari bo‘yicha Komissiya a’zolarining faoliyati talab daajasida emasligiga to‘xtalib o‘tdi.
Unga ko‘ra shahar tibbiyot birlashmasi va shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi rahbarlariga, shuningdek, shahar bolalarni himoya qilish ishlari bo‘yicha Komissiya maʼsul kotibi tomonidan olib borilgan ishlarda yo‘l quygan xato va kamchiliklari tanqid ostiga olindi.
Jizzax shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oshganligi tanqid ostiga olinib, bu borada shahar IIB profilaktika inspektorlari , psixologlari faoliyati ham tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish so‘ngida mutasaddilar tomonidan barcha mas’ullarga o‘z faoliyatilarini yangicha yondoshuv bilan olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati