Jizzax shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarining Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda sektor rahbarlari, barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, shahar IIB xodimlari, barcha MFY beshliklari hamda jamoatchilik tashkilotlari ishtirok etdi.
Mazkur kengash yig‘ilishida 2023-yilning 6 oyida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi hamda mas’ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakuni bilan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)