Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahri “Obod” mahallasida tadbirkorga berilgan yer yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Jizzax shahri “Obod” mahallasida tadbirkorga berilgan yer yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

11 ноябрь 2023 йил
140
0

Yaqindagina “Mening yurtim” telekanali orqali Jizzax shahri “Obod” mahallasida tadbirkorga 2003-yilda berilgan yerga mevali daraxtlar ekilgani, yillar o‘tib bu yerga qo‘shni hududga ishlab chiqarish korxonasi qurilgani va daraxtzor o‘rnida avtoturargoh qurishni rejalashtirgani, tadbirkor va mahalla ahli bog‘ni asrab qolish bo‘yicha murojaat bilan chiqishgani haqidagi lavha eʼlon qilingan edi.

Holat yuzasidan shahar hokimligi Axborot xizmati hamda tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aytib o‘tish joizki, Jizzax shahar hokimining 2003-yil 7-apreldagi 546-sonli qarori bilan Meli Qobilovga Jizzax shahar hududidagi bo‘sh turgan 1,5 ga yer maydoni ekin ekish va obodonlashtirish uchun vaqtinchalik ruxsat berilgan.

Mazkur qaror bilan M.Qobilovga ajratilgan yer maydonida qurilish ishlarini olib bormaslik va bosh rejaga asosan, obyekt qurilishi boshlanishidan oldin birinchi ogohlantirishdayoq yer maydonini bo‘shatib berish talabi qo‘yilgan.

Jizzax shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i O.O‘rinbayev tomonidan 2022-yil 27-fevralda 11-sonli hamda 2023-yil 23-avgustda 62-sonli ogohlantirish xatlari Qobilov Diyor nomiga yuborilgan.

Shuningdek, kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2023-yil 21-avgust kuni D.Qobilovga ogohlantirish xati yuborilib, yer maydonini zaxiraga qaytarish so‘ralgan.

Kadastr agentligi Jizzax shahar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2023-yil 28-avgustda Jizzax shahar hokimligiga taqdimnoma kiritilib, Jizzax shahar hokimining 2003-yil 7-apreldagi 546-sonli qarorini bekor qilish va yer maydonini zaxira fondiga qaytarish yuzasidan sudga daʼvo ariza kiritish so‘ralgan.

O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 36-moddasi 1-qismi 2-bandiga ko‘ra, butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi yer uchastkasi berilgan muddat tugaganda bekor qilinadi.

Javobgar nizoli yer maydonidan vaqtinchalik foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, birinchi ogohlantirish berilgan paytda foydalanish huquqi tugagan.

2023-yil oktabr oyining 25-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudida holat yuzasidan sud ishi ko‘rildi. Sud ishida daʼvogarning daʼvo talabini muhokama qilinib, yuqoridagi qonun va qaror talablariga asosan, javobgarga vaqtinchalik ekin ekib, obodonlashtirish uchun foydalanishga ruxsat berilganligini, hokim qarorida birinchi ogohlantirishda bo‘shatib berish belgilanganligini, ogohlantirish xatlari yuborilganligini, shunga ko‘ra foydalanish huquqi tugaganligini inobatga olib, daʼvoni qanoatlantirib, nizoli yer maydonini zaxiraga qaytarishni lozim topdi.

Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар