Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » "Dolzarb 40" kun tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda

"Dolzarb 40" kun tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda

30 ноябрь 2023 йил
80
0

"Dolzarb 40" kun tezkor-profilaktik davomida Jizzax shahar IIB JXX Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslarni xulqi ustidan nazorat doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda, bunda asosiy eʼtibor axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan mahkumlarni ish joyida ekanligini nazorat tartibida o‘rganish, yashash xonadonlariga borib oilaviy shart-sharoitlarini mavjud muammolarini aniqlash, tungi vaqtlarda yashash manzilini ruxsatsiz tark etmasliklarini taʼminlashga qaratilmoqda.

29-30 noyabr kunlari bu borada bir qator amaliy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, 14 nafar mahkumning ish joylari tekshirildi, 8 nafar mahkumning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, oilaviy sharoitlari o‘rganildi, 16 nafar mahkumlar bilan jazoni o‘tash tartibiga rioya etish bilan birgalikda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmaslik borasida profilaktik suhbat o‘tkazildi, sudning hukmiga ko‘ra, soat 22-00dan keyin yashash manzilini tark etmaslik belgilangan 25 nafar ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan mahkumlarning yashash manzili tekshirilib, dalolatnoma rasmiylashtirildi. Ochiqda oilasi oldida sud tomonidan tayinlangan ozodlikni cheklash jazosini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan mahkuma Urdisheva Ozoda va mahkum Meliyev Maxmudlarning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Jizzax shahar IIB jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар