Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Giyoxvandlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyating oldini olish choralari

Giyoxvandlik jinoyati tushunchasi, uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyating oldini olish choralari

26 июль 2023 йил
184
0

Taqiqlangan ekinlarni, ya’ni ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat: a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) o‘rtacha kattalikdagi ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat: a) o‘ta xavfli residivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab; v) katta ekin maydonida sodir etilgan bo‘lsa, —besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda, o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan egallash — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat: a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan; g) talonchilik yo‘li bilan; d) mansab mavqeini suiiste’mol qilib; ye) tamagirlik yo‘li bilan; j) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat: a) o‘ta xavfli residivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab; v) bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, — o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni ko‘p bo‘lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan ko‘proq miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash joylarida; g) o‘quv yurtlarida yoki o‘quvchilar, studentlar o‘quv, sport va jamoat tadbirlarini o‘tkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan bo‘lsa, — yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud o‘zganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar: a) o‘ta xavfli residivist tomonidan; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish — o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste’mol qilishga jalb etish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat: a) ilgari giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan; b) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tash joylarida; v) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki jo‘natishning belgilangan qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Iroda Muxamedova
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Jizzax shahar sudining sudyasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар