Телефонлар:
(0372) 222-40-00
(0372) 222-40-10
» » Jizzax shahridagi 1-sonli Oilaviy poliklinika qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

Jizzax shahridagi 1-sonli Oilaviy poliklinika qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

04 октябрь 2023 йил
208
0

Jizzax shahridagi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirilayotgan 1-sonli Oilaviy poliklinikaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish tadbirida shahar sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Ochilish tadbirida so‘zga chiqqan shahar hokimi Komil Xolmurodov mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni qurishda barcha soha va tarmoqlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilish masalasi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelayotganligi, tibbiyot sohasiga qaratayotgan eʼtibori va bevosita saʼy-harakatlari tufayli yurtimizda xalqaro talab va andozalarga mos tizim yaratilgani va bu borada ishlar jadallik bilan olib borilayotganligiga alohida to‘xtalib, bu albatta aholi turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qilishini ta’kidladi.

Aytib o‘tish joizki, bugungi kungacha tibbiyot tizimini isloh etishga oid yuzlab huquqiy-meʼyoriy hujjatlar qabul qilinib, ularda belgilangan chora-tadbirlar amaliyotga izchil joriy qilinmoqda. Yurtimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan tibbiy-ijtimoiy islohotlar natijasida oilada sog‘lom farzandlar tug‘ilishi va tibbiy madaniyatni yuksaltirish borasida bajarilgan ishlar hamda tibbiyot xodimlarining ish haqlari 2 barobarga oshirilgani - yurtimizda aholi sog‘lig‘ini saqlash masalasi davlat darajasidagi ustuvor vazifaga aylanganidan dalolatdir.

Viloyat va respublikamizning barcha hududlarida bo‘layotgani kabi Jizzax shahridagi tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, yangidan qurish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlar reja asosida amalga oshirilmoqda. Birgina joriy yilning o‘zida investitsiya va mahalliy dastur asosida 4 ta tibbiyot muassasasi va 3 ta tibbiyot punktlarida jami 16,2 mlrd. so‘mlik kapital va joriy taʼmirlash ishlari bosqichma-bosqich bajarilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, shahardagi 1-sonli oilaviy poliklinikani 4,2 mlrd.so‘mga kapital taʼmirlash va jihozlash, Amir Temur mahallasida 1-sonli oilaviy poliklinika filialiga 2,2 mlrd so‘mga 2 qavatli yangi bino, Olmazor massivi hududidan shahrimiz fuqarolari uchun 6,5 mlrd.so‘mga 3 qavatli poliklinika binosi qurildi. Uchariq, O‘ratepalik va Amir Temur mahallalari fuqarolari uchun 800 mln.so‘mga tibbiyot punktlari tashkil etildi.Bugun foydalanishga topshirilayotgan Jizzax shahar 1-sonli oilaviy poliklinikasi investitsiya dasturi asosida qayta taʼmirlash va jihozlash uchun 4,2 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga “Diamond lyuks” MCHJ rahbari Javohir Boboxonov tomonidan rekonstruksiyasi qilindi.

Mazkur 1-sonli oilaviy poliklinika 4 ta mahallaning (“Jizzaxlik”, “Sayiljoyi”, “Zargarlik” va “Turon” MFY) 28 700 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib, yiliga o‘rtacha 11 ming bemor aholiga, homilador va tug‘ruq holatidagi ayollarga hamda 1-1,5 ming yangi tug‘ilgan chaqaloq va bemor chaqaloqlarlarga, 114 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatadi.


Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар