FARMOYISH IJROSI AMALDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoni ijrosi amalda bajarilmoqda.
2023-yil 17-iyul kuni Jizzax shahrida yashovchi, ishlash istagini bildirgan ijtimoiy yagona reestrida ro‘yxatda turgan fuqarolarning 55 nafari, Jizzax shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, Hokim yurdamchilari birgalikda, Sanoat zonasida joylashgan Hamkorlik shartnoma imzolangan tadbirkor “Jizzax Toshtepa Textil” MCHJ zavodiga olib borilib, ishga joylashtirish masalasida tushunchalar berildi.
Zavodning asosiy faoliyat yo‘nalishi kardlangan ip-kalava va paxta matolari ishlab chiqarish hisoblanadi. Ushbu mahsulotlar faqat zamonaviy ishlab chiqarish uskunalarida ishlab chiqariladi.
Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)